O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli farmoni hamda 2021 yil 20 dekabrda «2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–35-sonli Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilangan dam olish kunlarini mazmunli, bayramona ko‘tarinki ruxda o‘tkazish uchun Navro‘z bayrami arafasida, 20-mart kuni klinika xodimlari yurtimizning qadimiy Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatdan ko‘zlangan maqsad ko‘p yillar davomida klinikada faoliyat yuritib kelayotgan hodimlarning bayram arafasida maroqli hordiq chiqarishlari hamda ma’naviy ozuqa olishlari bo‘libgina qolmay, balki, ichki turizmni rivojlantirish hamdir.
Klinika bosh vrachi J.A.Shamsiyev tashabbusi va boshchiligida hamda klinika kasaba uyushmasi bilan xamkorlikda hodimlar ko‘hna va navqiron Buxoro shahrining bir qator qadimiy qadamjolariga tashrif buyurdilar. Jumladan, 16-17 asrlarda Buxoroning markazi hisoblangan va hozirgi kunda Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi bo‘lgan Labi Xovuzdan boshlanib, Buxoro arki, Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab Madrasasi, Minorai Kalon, Bahouddin Naqshband majmuasi hamda boshqa maskanlarga ziyoratlar uyushtirildi, ularning tarixi haqida ma’lumotlar olindi.
Tashkil qilingan sayohat davomida ovqatlanish hamda madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hordiq chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
- Главная
- Клиника
-
Отделы
- Отделение урологии
- Отделение торакальной хирургии
- Отделение клинической лабораторной диагностики
- Отделение неонатальной хирургии
- Операционный блок
- Отделение челюстно-лицевой хирургии
- Хирургический стационар одного дня
- Отделение кардиохирургии
- Отделение общей хирургии №2
- Отделение анестезиологии, реанимации и интенсивной терапии
- Отделение медицинской реабилитации и физиотерапии 2-Клиники СамГМУ
- Кафедры
- Журналы
- Русский