Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoaxim Frits, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, “CERT GROUP” xalqaro jamiyati rahbari Marat Xabibulin hamda vazirlik mas’ullari va soha vakillari ishtirok etdi.

  “CERT International” xalqaro jamiyati tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati ijobiy deb baholandi.

  Sertifikatni Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov qabul qilib oldi.

  Eslatib o‘tamiz, xalqaro korrupsiyaga qarshi standartni joriy etish “huquqiy eksperiment” doirasida ro‘yobga chiqarilmoqda.

  Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 – korrupsiyaga qarshi kurashishning mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standart bo‘lib, u mazkur yo‘nalishda boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirishga doir talab hamda ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ISO 37001:2025 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikati topshirildi