2025-yilning 17–18-dekabr kunlari Toshkent shahrida, “O‘zekspomarkaz” majmuasida tashkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida SamDTU Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi hodimlari Ashurov Sh. Ruziyev J.A va Unaboyev J.O faol ishtirok etdik.

  Mazkur tadbir sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari bilan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mavjud ehtiyojlar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va amaliy muloqotni kuchaytirishga xizmat qildi.

  Yarmarka davomida tibbiyot sohasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, innovatsion yechimlar hamda xizmatlar bilan tanishildi va kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Shu kabi tadbirlar tibbiyot tizimini yanada rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.