O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida aholini salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida tibbiyot xodimlari oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishga kirishgan.
Shu maqsadda SamDTI 2-klinikasi – Bolalar xirurgiyasi markazi bosh vrachi, professor J.A.Shamsiyev boshchiligida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhlari 2022 yilning 10 mart kuni Oqdaryo tumanida 300 ga yaqin bemorni, 17- mart Bulung‘ur tumanida 200 dan ziyod olis xududdan kelgan bolalarni, 1000 nafar maktab o‘quvchilarini va 24 mart kuni viloyatning Tayloq tumanida bo‘lib, tumanning olis qishloqlaridan tuman markaziy poliklinikasiga taklif etilgan 200 ga yaqin bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklari va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruhlari tarkibiga bolalar xirurglaridan tashqari UTT mutaxassisi, bolalar ginekologi, pediatrlar va vrach-ortopedlar ham ishtirok etishdi. Ko‘rik vaqtida aniqlangan xirurgik kasalliklari bo‘lgan bolalar aniqlanib ularni ro‘yxat asosida bolalar xirurgiyasi markaziga sog‘lomlashtirish uchun tavsiya etildi.
- Главная
- Клиника
-
Отделы
- Отделение урологии
- Отделение торакальной хирургии
- Отделение клинической лабораторной диагностики
- Отделение неонатальной хирургии
- Операционный блок
- Отделение челюстно-лицевой хирургии
- Хирургический стационар одного дня
- Отделение кардиохирургии
- Отделение общей хирургии №2
- Отделение анестезиологии, реанимации и интенсивной терапии
- Отделение медицинской реабилитации и физиотерапии 2-Клиники СамГМУ
- Кафедры
- Журналы
- Русский