Masofaviy telemeditsina markazi bolalar xirurgiyasining dolzarb masalalari bo‘yicha zamonaviy innovatsion xirurgik davolash usullari yuzasidan tajriba almashish, bemorlar salomatligini tiklashda masofadan turib konsultatsiyalar o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.


  – Klinikada bunday masofaviy telemeditsina markazining ochilishi shubhasiz o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib qolmasdan, aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan xirurgik yordamni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqadi, – deydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev. – Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini yanada oshadi. Telemeditsina markazi uchun barcha zamonaviy asbob-uskunalar Janubiy Koreyadan olib kelindi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi va Kyungpook National University Hospital (KNUH) o‘rtasida 2019 yil 19 aprelida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

  Mazkur memorandum asosida klinika amaliyotida endoxirurgik operatsiyalar bajarilmoqda. Shuningdek, tibbiy xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarning o‘zaro tajriba almashuvi, klinikani zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.