Joriy yilning 25-aprel kuni SamDTU ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasiga O‘zbekiston Respublikasi sog‘likni saqlash vaziri Xudayarov Asilbek Anvarovich tashrif buyurdi. Vazirni professor Azamat Muxitdinovich Shamsiyev kutib oldi va klinika faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Vazir markaz bilan tanishar ekan markazni zamonaviy binoda faoliyat ko‘rsatayotganligi, qabul bo‘limi, endolaporoskopik simulyatsion markaz, operatsion blok, shuningdek bemor bolalar dori darmon bilan to‘liq bepul ta’minlanayotganligi, turt mahal issiq ovqat va yotoq joylarini mutlaqo bepul ekanliklari hamda bemorlarda zamonaviy diagnostika usullarini kuylanilishi, og‘ir bemorlarga murakkab yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilayotganliklarini alohida e’tirof etdi.
Bunday zamonaviy ixtisoslashgan klinikada bemorlar tez va sifatli shifo topishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlab o‘tdi.