02.10.2024-yil kuni Samarqand Davlat tibbiyot universiteti diplomdan keyingi talim fakultetning bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi xodimlari kafedra mudiri professor J.A.Shamsiev va dotsent A.M.Isaqovlar SamDTU qoshidagi akademik litsey o‘rtasida o‘zaro o‘rnatilgan hamkorlik yuzasidan litseyga tashrif buyurishdi. Unda litseyning 102-104 guruhlari o‘rtasida zamonaviy tibbiyot soxasida bugungi kun yutuqlari va muoammolari to‘g‘risida davra suxbatlari o‘tqazildi. Va bugungi kunda bolalar xirurgik kasalliklari o‘rtasida dolzarb bo‘lib kelayotgan «Bolalarda nafas yo‘llariga yot jismlarni tushishi, uning dagnostikasi va zamonaviy davolash usullari» mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ma’ruza qiziqarli savol va javblarga boy bo‘ldi shuningdek ma’ruza davomida mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.