2025-yil 18-fevral kuni SamDTU ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida "Qon – bu hayot" shiori ostida "Men donorman" aksiyasi tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi va klinika boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tibbiyot xodimlarining erkin murojaatiga javoban ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Aksiyada klinikaning bosh shifokori, professor J.A. Shamsiyev bilan birga 22 nafar jamoa xodimi ishtirok etib, qon quyishga muhtoj bemorlar oldida yuksak insonparvarlik tuyg‘ularini amalda namoyon etdilar.