2025-yil 19–21 fevral kunlari SamDTU Ixtisoslashgan Bolalar Jarrohlik Klinikasining xodimlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya XIII “Shoshilinch bolalar jarrohligi va travmatologiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishdi.
Forumning ochilish marosimi va plenar yig‘ilishi Rossiya Federatsiyasining Mehnat Qahramoni, Shoshilinch Bolalar Jarrohligi va Travmatologiyasi Ilmiy Tadqiqot Instituti prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, professor L. M. Roshal raisligida bo‘lib o‘tdi.
Klinikamiz delegatlari forumning tantanali ochilish marosimida tibbiyot fanlari doktori, professor A. M. Shamsiyev nomidan tabrik so‘zi bilan chiqish qildilar va esdalik sovg‘alarni topshirishdi.
Ixtisoslashgan Bolalar Jarrohlik Klinikasining bosh vrachi o‘rinbosari U. T. Suvonqulov “Bolalar urologiyasida yorg‘oqning shish sindromining operativ davolash bo‘yicha klinik tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.