Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev viloyat tibbiyot sohasi mas’ullari bilan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – ochiq va samimiy muloqot orqali tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash, viloyat miqyosida hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalarni muhokama qilish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishdan iborat, – deya ta’kidladi viloyat rahbari.