2024-yil 21-mart kuni Samarqand shahrida “Jahonda Daun sindromiga chalingan insonlar kuni” munosabati bilan “Samarqand madaniyat chorrahasi” shiori ostida V-chi inklyuziv Markaziy Osiyo san’at, hunarmandchilik, teatr va kino festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston Respublikasidan tashrif buyurgan 120 nafarga yaqin Daun sindromiga chalingan bolalar va ularning ustozlari ishtirok etishdi.
Festivalda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi xodimlari hamda Bolalar xirurgiyasi bo‘yicha talabalar ilmiy jamiyati a’zolari faol ishtirok etib, bolalarga o‘zlarining sovg‘a-salomlarini ulashdi.
Tadbirning Navro‘z bayrami – bahorning ilk va eng quvonchli ayyomi bilan bir vaqtda o‘tkazilgani esa festival ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.