Klinikamiz jamoasiga mas’uliyatli, mehnatkash va bolajon mutaxassislarni quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etamiz.
Bo‘sh ish o‘rinlari:
- Hamshiralar — palata, protsedura va operatsiya xonalari uchun;
- Sanitarkalar — kichik tibbiy xodimlar;
- Farroshlar.
Bizning afzalliklarimiz:
Rasmiy ishga joylashish — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida;
Qulay ish grafigi — kunduzgi ish vaqti;
Yaxshi mehnat sharoitlari — zamonaviy tibbiyot markazi, ahil jamoa va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Hamshiralar uchun:
- o‘rta maxsus tibbiy ma’lumot;
- tegishli diplom va sertifikat mavjud bo‘lishi shart;
- bolalar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Sanitarka va farroshlar uchun:
- ish tajribasi talab etilmaydi;
- ozodalikka rioya qilish;
- mehnatsevarlik va mas’uliyatlilik.
Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 70A-uy.
Telefon: +998 (97) 920-51-58
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi jamoasiga qo‘shiling!