Klinikamiz jamoasiga mas’uliyatli, mehnatkash va bolajon mutaxassislarni quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etamiz.

Bo‘sh ish o‘rinlari:

  • Hamshiralar — palata, protsedura va operatsiya xonalari uchun;
  • Sanitarkalar — kichik tibbiy xodimlar;
  • Farroshlar.

Bizning afzalliklarimiz:

Rasmiy ishga joylashish — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida;

Qulay ish grafigi — kunduzgi ish vaqti;

Yaxshi mehnat sharoitlari — zamonaviy tibbiyot markazi, ahil jamoa va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Hamshiralar uchun:

  • o‘rta maxsus tibbiy ma’lumot;
  • tegishli diplom va sertifikat mavjud bo‘lishi shart;
  • bolalar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

Sanitarka va farroshlar uchun:

  • ish tajribasi talab etilmaydi;
  • ozodalikka rioya qilish;
  • mehnatsevarlik va mas’uliyatlilik.

Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 70A-uy.

Telefon: +998 (97) 920-51-58

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi jamoasiga qo‘shiling!