Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hamda barcha yoshdagi bolalarda tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq gastrostoma o‘rnatish amaliyoti zamonaviy va xavfsiz usullar asosida amalga oshiriladi.

Gastrostoma o‘rnatish uchun asosiy ko‘rsatmalar:

— Yutinishning buzilishi (disfagiya);

— Yutinish funksiyasi buzilgan bolalar serebral falajligi (BSF);

— Bosh miya jarohatlarining oqibatlari;

— Markaziy asab tizimining tug‘ma va orttirilgan kasalliklari;

— Neyromushak kasalliklari (spinal mushak atrofiyasi, mushak distrofiyalari va boshqalar);

— Bulbar va psevdobulbar sindrom;

— Mustaqil ovqatlana olmaslik bilan kechadigan epileptik ensefalopatiyaning og‘ir shakllari;

— Koma holatlari;

— Operatsiyadan keyingi davrda uzoq muddatli enteral oziqlantirish zarur bo‘lganda;

— Enteral oziqlantirishni talab qiladigan og‘ir oqsil-energetik yetishmovchilik;

— Qizilo‘ngach va oshqozon-ichak yo‘llarining tug‘ma rivojlanish nuqsonlari;

— Qizilo‘ngach atreziyasi (jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin);

— Qorin bo‘shlig‘i a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi davr;

— Ichak tutilishida oshqozonni dekompressiya qilish zarur bo‘lganda;

— Ehtimoliy asoratlarning oldini olish maqsadida.

Gastrostomaning afzalliklari

— Bemorning xavfsiz va to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlaydi;

— Organizmning oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi;

— Davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi;

— Hayot sifatini yaxshilash va asoratlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi


Ma’lumot olish va oldindan yozilish uchun:
Mas’ul mutaxassis: Tashpulatov Baxtiyor
Telefon: +998 97 920 51 58
Telegram: @teejon