Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi 1989 yili professor A.M. Shamsiyev tashabbusi va rahbarligida tashkil etilgan.
Dastlabki yillarda klinika tarkibida 200 o'rinli quyidagi mutaxassislik bo'limlar tashkil etildi: Ko'krak jarrohlik bo'limi -30 o'rin; Bolalar urologiyasi bo'limi - 40 o'rin; Shoshilinch va yiringli jarrohlik bo'limi - 40 o'rin; Rejali jarrohlik bo'limi - 30 o'rin; Kardioxirurgiya bo'limi -15 o'rin; Chaqoloqlar jarrohligi bo'limi -30 o'rin; Anestiologiya va reanimatsiya bo'limi - 6 o'rin; Ambulator jarroxlik bo'limi -10 o'rin; Onalarni sog'lomlashtirish bo'limi-15 o'rin.
Eski bino tashqi ko’rinishi
Bundan tashqari birlashma tarkibida quyidagi qo'shimcha bo'limlari mavjud bo’lib - Funksional tashxislah bo'limi; ultratovush tekshiruvi; rentgen-diagnostika bo'limi; kliniko-diagnostik laboratoriya bo'limi; Fizioterapiya, igloterapiya xonalari bemorlarga jarroxlik amaliyotidan keying jarayonga yordam beradi. Shu narsani ta’kidlab o'tish zarurki, klinika tarkibidagi torakal jarrohlik, kardioxirurgiya, chaqaloqlar jarrohlik, urologiya kabi bo'limlar viloyatda yagona bo'lgan.
2013 yildan boshlab klinikaning bosh shifokori etib tibbiyot fanlari doktori, professor Shamsiyev Jamshid Azamatovich tayinlandi.
Ta’mirdan keyingi bino tashqi ko’rinishi
Hozirgi kunda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi bu Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bolalariga kecha-kunduz yordam ko'rsatadigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, ko'p tarmoqli ilmiy-tadqiqot klinik muassasasidir. Shu bilan birga, ushbu muassasa bolalar jarrohligining bir qator muhim yo'nalishlari bo'yicha etakchi uslubiy markaz hisoblanadi. Har yili klinika 21 mingga yaqin bemorlarni qabul qiladi, shulardan 10000 dan ortig'i kasalxonaga yotqiziladi, yurak, o'pka, jigar, ichak, siydik va mushak-skelet tizimida 8000 dan ortiq murakkab plastik va rekonstruktiv operatsiyalar amalga oshiriladi. Samarqand viloyatida bolalar xirurgiyasi amaliyotida birinchi marta ushbu markaz yurakning tug'ma nuqsonlarini operatsiya qilish, bronxoskopiya, bronxografiya, plazmaferez uslubi, splenosorbsiya, ozonoterapiya va boshqa amaliyotlar joriy qilingan.
Yuqori texnologik jarraxlik amaliyoti jarayoni
Klinika xodimlari tomonidan har yili Samarqand viloyatining tumanlarida, shuningdek, mamlakatimizni janubiy-g'arbiy mintaqasi hududlarida bolalar jarrohligining dolzarb muammolariga bag'ishlangan seminarlar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar joylarda tashkil etiladi. Bundan tashqari, bolalar jarrohlariga uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida Samarqand viloyatining barcha tumanlari klinikaning tajribali xodimlariga biriktirilgan. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq markaz xodimlari har oyda jarrohlik patologiyasini aniqlash va davolash maqsadida shahardagi bolalar poliklinikalari, bolalar uylari, maktab-internatlar, maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablarni nazorat qiladi.
Qo’shni viloyat va tumanlardagi ko’rik
Klinika nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari bilan yaqin ilmiy aloqalarga ega. Klinika mutaxassislari xorijiy ilmiy simpoziumlarda faol ishtirok etib, o'z malakalarini oshirmoqdalar. Klinika xodimlari Markaziy Osiyoda birinchi marta 2016 yilda Osiyo Endoskopik va Laparoskopik Jarrohlar Uyushmasiga (ELSA) a'zo bo'lishdi. Xususan, 2016, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022 va 2023 yillarda klinika mutaxassislari Ostona (Qozog'iston) neonatal jarrohlik markazida, Stavropol tibbiyot universiteti bolalar jarrohlik markazida (Rossiya), Yonsei universiteti Severans klinikalarida, Samsung klinikasida (Janubiy Koreya), London (Angliya), Dubay (BAA) hamda Singapurning Milliy universitet kasalxonasida o‘z malakalalarini oshirib kelishgan. O‘z navbatida Rossiya, Qozog'iston va Janubiy Koreya mutaxassislari bizning klinikamizga tashrif buyurdilar va endoxirurgik operatsiyalarni bajarish bo'yicha “master-klasslar” o'tkazdilar.
Janubiy Koreyaninig Samsung klinikasi hamda Kyungpook National University Hospital (KNUH), Singapurning Milliy universiteti kasalxonasi, Tojikiston va O’zbekiston do’sligi tibbiyot markazi, Qozoqstonning “Bolalar shoshilinch tibbiy yordam markazi” va shu kabi nufuzli klinikalar bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi hamkorlik memorandumlari imzolagan.
Hamkorlik memorandum imzolanish jarayoni
Professor J.A. Shamsiyev ELSA tashkilotning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vakili bo'lgan ELSA markaziy kengashi vakili etib tayinlandi. Shu sababli, 2018 va 2019 yil munosabati bilan Osiyo mintaqasi (Singapur, Filippin, Malayziya, Pokiston va Yaponiya) mamlakatlari mutaxassislari ishtirokida Samarqand shahri SamDTU ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida va boshqa tibbiyot muassasalarining o'qitilgan mutaxassislari uchun “Laparoskopik jarrohlik bo'yicha yangilanish” treninglari bo'lib o'tdi. ELSAning Osiyo mamlakatlaridagi vakili professor J.A. Shamsiyevningtashabbusiva say-harakatlari bilan2023 yil27-29aprelkunlariSamarqand shahrida«Ipak yo’lidaminimalinvazivxirurgiya»mavzusida Osiyoendoskopikva laparoskopikxirurgiyalari jamiyatning (ELSA ) I-bahorgi kongressi bo’lib o’tdi.
Kongress ishida jahonning 77 dan ko’proqmamlakatlarining bolalar xirurgiyasi bo’yicha mutaxasisslaridaniboratjami 550 nafar delegatlar ishtirok etishdi.
Mazkur kongress tadbirlari doirasida 2023 yil 27 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida Workshop (master klass) bo’lib o’tdi.Unda minimal invaziv xirurgiya bo’yicha zamonaviy operatsiyalar xalqaro expertlar tomonidanshifokorlarga namoyish etildi. Shu jumladanELSA tashkiloti bosh kotibi Davide Lomanto 3 ta laparoskopikjarrohlik operasiyasini o’tkazdi.
O’tkazilgan barcha “mahorat saboqlari” barcha qatnashchilargabevositaoperatsiya blogidannamoyish qilindi.
2023 yil28-29 aprelda SilK-Road Samarqand turistik markazidabo’libo’tgan tadbirlarda40 ta ma’ruzalar tinglandi.
Simulyatsion markaz
Klinikada Janubiy Koreyaning Kyungpook National University Hospital (KNUH) bilan xamkorlikda masofaviy markazi ochildi. Masofaviy telemeditsina markazi bolalar xirurgiyasining dolzarb masalalari bo‘yicha zamonaviy innovatsion xirurgik davolash usullari yuzasidan tajriba almashish, bemorlar salomatligini tiklashda masofadan turib konsultatsiyalar o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
Masofaviy telemeditsina markazi ochilishi
Kinika tarkibiga 200 o'rinli turli xil jarrohlik bo'limlari mavjud:
- torakal jarrohlik bo'limi (bo’lim boshlig’i – PhD, Ruziyev Jasur Asliddinovich);
- urologiya bo'limi (bo’lim boshlig’i – Daniyarov Erkin Suyunovich);
- neonatal jarrohlik bo'limi (bo’lim boshlig’i – Imomov Donobek Olimjonovich);
- 1-sonli umumiy jarrohlik bo'limi (shu jumladan yiringli operatsiya), shoshilinch posti bilan;
- 2-sonli umumiy jarrohlik bo'limi (rejali jarrohlik) (bo’lim boshlig’i – Tog’ayev Ilxom Ulashevich);
- yurak xirurgiyasi (kardioxirurgiya) bo'limi (bo’lim boshlig’i – Bayjigitov Nusratillo Isrofilovich);
- anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi (shu jumladan yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun) (bo’lim boshlig’i – Unaboyev Jasur Orormovich);
- bir kunlik jarrohlik statsionari (bo’lim boshlig’i – Qurbonov Sunnatillo Xaminovich).
og'iz va yuz-jarrohlik bo'limi (bo’lim boshlig’i – PhD, Maxmudov Zafar Mamadjanovich);
Klinikada faoliyat ko‘rsatadigan bolalar konsultativ-diagnostika bo'limida quyidagilar kiradi:
- funktsional diagnostika bo'limi;
- tibbiy reabilitatsiya bo'limi
- ultratovush diagnostikasi bo'limi;
- rentgen diagnostika bo'limi;
- endoskopik bo'lim;
- klinik immunologiya;
- biokimyoviy laboratoriya;
- bakteriologik laboratoriya;
- patomorfologik laboratoriya.
Klinika asosida Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 4 ta kafedrasi joylashgan:
- 1-sonli bolalar xirurgiyasi kafedrasi (Kafedra mudiri – t.f.d. Yusupov Shuxrat Abdurasulovich)
Universitetning pediatriya, tibbiyot fakultetlari talabalari va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari tahsil oladigan
- Diplondan keyingi ta’lim fakulteti bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi (Kafedra mudiri – t.f.d., professor Shamsiyev Jamshid Azamatovich)
Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Qashqadaryo viloyatlari pediatrik jarrohlari va anesteziolog-reanimatologlari o'qitiladi va malakasini oshiradilar.
- Klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasi DKTF klinik laboratoriya diagnostikasi kursi bilan (Kafedra mudiri – Daminov Feruz Asadullayevich)
Universitet talabalari tahsil oladilar, laboratoriya shifokorlari mutaxassislik ixtisosligidan o'tadilar va malakalarini oshiradilar.
- Stomatologiya fakulteti Og’iz bo’shligi jarrohligi va dental implantologiya kafedrasi (Kafedra mudiri – t.f.n. Xazratov Alisher Isomiddinovich).
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida neonatal (chaqaloqlik) davrdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek, kattalar, aholisining turli xil jarrohlik kasalliklari va nuqsonlarini diagnostikasi va davolashni amalga oshiradi, shu jumladan zamonaviy endoxirurgik apparatlardan foydalangan holdi o'pkada, yurakda, jigarda, siydik yo‘llari tizimi, ovqat hazm qilish tizimida, mushak-skelet tizimida murakkab plastik va rekonstruktiv operatsiyalar amalga oshiriladi.
Klinika faoliyatining muhim yо‘nalishlaridan biri xalqaro aloqalar о‘rnatishdir. Universitet va klinikaning qator xorijiy mamlakatlar tibbiyot muassasalari bilan imzolagan memorandumlariga asoslanib, kо‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, daromadlarni kо‘paytirish, tibbiy turizm bо‘yicha sayyohlar oqimini kо‘paytirish, tibbiy xizmatlar eksporti hajmini oshirish maqsadida klinika tarkibida bosh vrachning2021 yil 5 mart №51-u buyrug‘i bilan “Xalqaro hamkorlik va tibbiy turizmni rivojlantirish” bо‘limi tashkil etilib, О‘zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsisining № О‘zRTTa-18 sonli guvohnomasi va 2021 yil iyul oyida № T-0023-sonli besh yulduzli sertifikati olindi.
Klinikada bolalar aholisiga kо‘rsatilayotgan tibbiy xirurgik yordam sifatini oshirish, yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan xatolarni kamaytirish maqsadida 2021 yildan klinika amaliyotiga xalqaro miqiyosda e’tirof etilgan sifat standartlari ISO 9001:2015 “Talablar. Menejment sifati tizimi” kiritildi.
2023 yil 4 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiixtisoslashganbolalarxirurgikklinikasida Janubiy Koreyaning Kyungbuk Milliy universitetiklinikasi bilantuzilgan o’zaro hamkorlik Memorandumiga asosan Janubiy Koreyalik hamkasblar vakillaridan iboratvolontyorlar guruhitomonidan300 dan ortiq bemorlarko’rikdan o’tkazildi. Qabul davomida reabilitolog-60 ta, revmatolog-63 ta, neyroxirurg-30 ta, stomatology-34 ta, UTT mutaxassislari (akusherlik, mammolog va boshqalar) -96 ta, shoshilinch tez tibbiy yordam vrachi-60 ta har xil yoshdagi bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdilar. Tibbiy muolajaga muxtoj bemorlarga klinikaning o'zida davo muolajalari o'tkazilib davolash kursi tavsiya etildi. Umumiy hisobda 300 dan ziyod turli yoshdagi bemorlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.