2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida ushbu qutlug‘ sana keng nishonlandi. Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

  Til — har bir millatning ko‘zgusi, uning ma’naviy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, zero inson o‘z onasining mehri va mehribonligisiz yashay olmagani kabi, ona tilisiz ham o‘zligidan ajraladi.

  Barcha yurtdoshlarimizni klinikamiz jamoasi nomidan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!