2025-yil 19-dekabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialida RShTYoIM Samarqand filiali xodimlari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi klinikasi xodimlari hamda Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Bolalarda traxeostomiya o‘rnatishda zamonaviy qarashlar: muammolar va yechimlar” mavzusida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir doirasida dolzarb ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Davra suhbatida SaMDTU DKTF Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi yo‘nalishi mutaxassislari, SamDTU Bolalar xirurgiyasi №1 kafedrasi mudiri hamda RShTYoIM Samarqand filiali xodimlari ishtirok etdilar.