SamDTU Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasiga 2025–2026-o‘quv yili uchun Klinik ordinaturaga qabul boshlandi

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi buyrug‘iga muvofiq, klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi.

  Ushbu tartibga asosan, klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga mos ravishda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari fanlar majmuasi hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

  Bunda quyidagilar belgilandi:

  • Klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga kirish uchun talabgor tomonidan topshiriladigan hujjatlar faqat elektron shaklda, Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://medtoifa.ssv.uz/ axborot tizimi orqali qabul komissiyasining mas’ul kotiblari tomonidan qabul qilinadi.
  • Hujjatlarni axborot tizimi orqali bayram va dam olish kunlaridan qatiy nazar, sutkaning istalgan vaqtida (24/7 rejimda) yuborish mumkin.
  • Talabgorlarning hujjatlari, tanlov haqida elon ommaviy axborot vositalarida berilgan kundan boshlab, 2025-yil 21-avgust, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
  • Qabul komissiyasining mas’ul kotiblari tomonidan har bir talabgorga, hujjatlar topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida, axborot tizimi orqali tanlovga qo‘yish yoki rad etish haqida asoslantirilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
  • Test sinovlari kompyuter orqali Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi.
  • Test variantlari hamda tegishli adabiyotlar ro‘yxati imtihondan kamida 10 kun oldin Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://tmbm.ssv.uz/ rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
  • Test jarayoni to‘liq onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, audio va video yozuvga olinadi.

  Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

  +998 33 327 27 01 — Abbasov Xojimuhammad Xabibullayevich

  Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (Dushanba – Shanba)