Yuz-jag' xirurgiyasi bo'limi 2017 yilda Samarqand tibbiyot institutining 2-klinikasi negizida tashkil etilgan.


  Bo'lim Samarqand shahri, Samarqand viloyati tumanlari, shuningdek, qo'shni Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan—kelgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan rejali va shoshilinch jarrohlik yordamini ko'rsatadi.

  Bo'limda har yili 300 ga yaqin bemorlarni tekshiradi va davolaydi, 250dan ortiq turli xil murakkab operatsiyalaramalga oshiriladi, ulardan 30% dan ortig'ini — tug'ma rivojlanish nuqsonlari tashkil etadi.

Kasallirlar nazalogiyasi:

- Yuz-jag' sohasi tug'ma nuqsonlari (yuqori labning tirtiqligi, Gill-strokning yuqishi, koloboma);

— og'iz bo'shlig'ining tug'ma anomaliyalari (qattiq va yumshoq tomoqning yuqligi);

- yiringli yallig'lanish kasalliklari (furunkul, adenoflegmona, xo'ppoz, osteomiyelit, limfadenit);

– Yuz-jag' sohasi va og'iz bo'shlig'ining o'smasimon hosilalari(gemangioma, limfangioma, ateroma, yara, ranula, kista);

- yuz sohasi jarohati va kuyishi;

- Yuz-jag' sohasining kelloid chandiqlari.

  Tadqiqot usullari: laboratoriya tadqiqotlari, ultratovush, EGDFS, rentgen kontrasti tadqiqotlari, radioizotop sintigrafiyasi, MSKT, fistulografiya.

  Davolash usullari: konservativ va jarrohlik davolash, ultratovush tekshiruvi ostida minimal invaziv davolash usullari, plastik jarrohlik, autodermoplastika va boshqalar.

Yuz-jag' xirurgiyasi bo'limi xodimlari:

  Bo'lim maslaxatchisi- Maxmudov Zafar Mamadjanovich, 1973 y. /t. Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali jarrox. 1996 yil SamDTI pediatriya fakultetini tamomlagan. 1996 yildan 1997 yilgacha SamDTI 2-klinikasida internatura o'tagan. 1998 yildan 2001 yilgacha ANRUz Samarqand filiali aspiranturasida tahsil olgan. SamDTI bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti. "Bolalarda son-chanoq bo'g'imi suyaklarining o'tkir gematogen osteomiyelitini tashxislash va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish"mavzusida dissertatsiya yoqlagan. Ilmiy yo'nalishi: bolalarda o'tkir gematogen osteomiyelitni tashxislash va davolash. 2016 yil noyabr-dekabr oylarida Toshkent tibbiyot akademiyasida bolalar xirurgiyasi bo'yicha malaka oshirish kursini o'tgan.Klinikaning ilmiy faoliyatida, viloyat, respublika va xorijda o'tkaziladigan konferensiyalarda faol ishtirok etadi.

  Bo'lim mudiri-Xurramov Firdavs Abdusamatovich SamDTI pediatriya fakultetini 2014 yilda tugatgan. 2014 yildan 2017 yilgacha SamDTI magistraturasida tahsil olgan.

SamDTI DKTF bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasu kafedrasining mustaqil izlanuvchisi. "Bolalarda tez rivojlanuvchi urug' tizimchasi kistasini kam invaziv usulda davolash" mavzusida dissertatsiya ishiolib boramoqda.

Bo’lim kata hamshirasi-Yadgarova Dilafruz Murodonva.2011 yil SamDTI Oliy Hamshiralik fakultetini tamomlagan. 2-toifali hamshira.

Ilmiy-pedagogik ish: Bo'lim xodimlari tomonidan davolash ishlari bilan bir qatorda ilmiy va o'quv ishlari olib borilmoqda. Klinika negizida SamDTI davolash, pediatriya, tibbiy-pedagogika, stomatologiya fakultetlari talabalari, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari tahsil olmoqda.

Bo'lim mutaxassislari respublika va xorijiy ilmiy anjumanlarda, bolalar jarrohligining dolzarb muammolari bo'yicha seminar va simpoziumlarda faol ishtirok etib, o'z malakalarini oshirmoqdalar.

Bugungi kunda bo'lim yuz-jag' sohasi kasalliklari va malformatsiyasini jarrohlik usulida davolash tajribasiga ega.





Telefon raqami. +99890 655 12 88

Electron pochta. hurramovfirdavs@gmail.com