Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan 2025-yil 20–21-noyabr kunlari viloyatning olis tumanlarida Samarqand bolalar xirurgiya markazining professor va dotsentlari tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
2025-yil 20-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani markaziy poliklinikasida Arnasoy, Paxtakor, Zafarobod hamda Mirzacho‘l tumanlaridan jami 1 680 nafardan ortiq bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ertasi kuni, 21-noyabrda, Zarbdor tumanidagi 2 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 3 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasining markaziy poliklinikasida Zarbdor, Zomin, Yangiobod va boshqa tumanlardan kelgan 4 570 nafardan ortiq bola ko‘rikdan o‘tkazildi.
Umumiy hisobda ushbu sog‘lomlashtirish tadbirida 6 200 nafardan ziyod bolaga tibbiy tashxis qo‘yilib, zarur tavsiyalar berildi. Jizzax viloyati rahbariyati tomonidan bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.




