Samarqand viloyatida birinchi marta torakal xirurgiyasi bo’limi 1987-yilda bolalar xirurgiyasi ilmiy markazi negizida professor Azamat Muxitdinovich Shamsiyev rahbarligida tashkil etilgan.


  Torakal xirurgiyasi bo‘limi 8 qavatli binoning 1-qavatida joylashgan bo‘lib, tez yordam posti bilan 30 o‘ringa mo‘ljallangan.

Kasallikllar:

- ko'krak qafasining o'tkir xirurgik kasalliklari;

- nafas yo'llarining yot jismlari;

- qizilo'ngachning yot jismlari;

- qizilo'ngachning ahalaziyasi;

- diafragma churralari;

- bo’yinning tug'ma mushak qiyshiqligi;

- bo'yinning o’rta va yon oqmalari (kistalari);

- ko'krak qafasining travmalari

- ko'krak qafasi suyaklarining o'tkir va surunkali gematogen osteomiyeliti;

- qizilo’ngachning kuyishlari va kuyishdan keying chandiqli torayishi

- ko'krak qafasi a’zolarining tug’ma patologiyalari

- bronxoektaziya kasalligi

- surunkali pnevmoniya

- surunkali bronxitlar

- o'pkaning echinokokkozi

- ko'krak qafasining girdobsimon deformatsiyasi

  Tekshiruv usullari: Laboratoriya tekshiruvlari, ultratovush, EGDFS, torakoskopiya, laparoskopiya, videobronxoskopiya, rentgen kontrastli tekshiruvlar, radioizotop sintigrafiyasi, virtual bronxoskopiya, MSKT, MRT, fistulografiya, spirometriya.

Davolash usullari: Bo‘limda ko’krak qafasi, o‘pka, bo‘yin, qizilo‘ngach va ko’kis oralig’i tug‘ma va orttirilgan kasalliklari bo‘yicha minimal invaziv, yuqori texnologiyali endoskopik operatsiyalar o‘tkaziladi.

– respublikada birinchi marta ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyasida Nassa operatsiyasi torakal xirurgiya bo’limida prof. A.M.Shamsiyev tomonidan joriy qilingan va o'tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari bo’limda o‘pka emfizemasi, bronxoektaziya, diafragma churralari, o‘pka exinokokkoz va destruktiv pnevmoniya kasalliklarida operatsiyalar o‘tkaziladi. Viloyatda birinchi marta bronkoskopiya (xozirda videobronkoskopiya) joriy etilgan va muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda, yiliga yuzlab nafas yo‘llarida yot jism bo‘lgan bolalar hayoti saqlab qolinadi. Klinikada yiliga 200 ga yaqin bronkoskopiya amaliyoti amalga oshiriladi.

Bo’lim maslahatchisi - dotsent Isoqov AbduraufMamadiyorovich, 1973 yilda tug'ilgan. Tibbiyot fanlari nomzodi, SamMI DKTF bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya - reanimatsiyasi kafedrasi dotsenti. Oliy toifali jarroh. 1996 yilda Samarqand Davlat meditsina instituti, pediatriya fakultetini tamomlagan. 1996 yildan 1997 yilgacha SamMI 2-klinikasida bolalar xirurgiyasi yo’nalishida internetura o'tagan. 1997 yildan 2000 yilgacha SamMI da aspiranturada taxsil olgan. 2006 yilda "bolalarda bronxoektaz kasalligini davolashda ozon va lazeroterapiayani qo’llash" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Bo’lim mudiri - Ruziyev Jasur Asliddinovich. 1985 yilda tug'ilgan, 2009 yilda SamMI pediatriya fakultetini tamolagan. 2009 - 2012 yillarda SamMI 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasida magistratura o’tagan. 2017-2020 yillarda bolalar xirurgiyasi bo'yicha tayanch doktoranturani tamomlagan. SamMI 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi. 2018 yildan torakal xirurgiya bo’lim mudiri. Chet Davlatlar (Koreya, Rossiya, Singapur, Tayland) klinikalarida laparoskopik xirurgiya bo’yicha malaka oshirgan. Xozirda 14.00.35 - bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “bolalarda nafas yo’lida yot jisim bo’lganda xirurgik yordamni takomillashtirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini tugatmoqda.Ish tajribasi 9 yil.

Ibrohimov Shuxratboy Xojiyevich 1969 yil tug'ilgan - 1995 yilda Samarqand Davlat tibbiyot institute pediatriya fakultetini tamomlagan. 1996 yilda SamMI 2-sonli bolalar xirurgiyasi kafedrasida internatura o’tagan, 1998 yilda SamMI bolalar xirurgiyasi klinik ordinaturani tamomlagan. 2021 yilda SamMI DKTF bolalar xirurgiyasi kursi asosida, shoshilinch jarrohlik mavzusida malakasini oshirgan. Ish tajribasi 26 yil. Oliy toifali.

Bayjigitov Nusratilla Isrofilovich 1983 yilda tug`ilgan. SamMI pediatriya fakultetini 2008 yilda tugatgan. 2008 yildan 2011 yilgacha SamMIda bolalar jarroxligi bo`yicha magistraturani o’tagan. 2011 yildan bo`limda vrach-ordinator bolib ishlamoqda. U "Bolalarda o'tkir gematogen epifizar osteomielitining diagnostikasi va jarrohlik davolashni takomillashtirish" mavzusida ilmiy ish ustida ishlamoqda. Ish tajribasi 10 yil. 2017 yildan SamMI bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent.

Raxmatov Begzod Nasretdinovich 1986 yil tug’ilgan.2012 yilda SamMI pediatriya fakultetini tamomlagan. 2012 -2015 yillarda SamMI 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasida magistratura o’tagan."Bolalar urologiyasida endoskopik operatsiyalar" mavzusi ustida ishlamoqda. 2016 yilda SamMI DKTF bolalar xirurgiyasi anesteziologiya - reanimatologiya kafedrasida shoshilinch jarrohlik bo'yicha malaka oshirgan. Ish tajribasi 6 yil. 2018 yildan SamMI 1 -son bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent.

Avezova Nargiza Shavkatovna. 1990 yil tug'ilgan - ordinator, 2015 yilda SamMI pediatriya fakultetini tamomlagan. 2015 yildan 2017 yilgacha SamMI pediatriya bo'yicha klinik ordinaturani tamomlagan. Ish tajribasi 4 yil.



Kontakt:

Telefon: +998662337889

Email: 2nd.thoracic.surgery@gmail.com