2025-yil 16-dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiya klinikasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali hamkorligida “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolit: muammolar va yechimlar” mavzusida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida dolzarb ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Davra suhbatida Samarqand davlat tibbiyot universitetining pediatriya va neonatologiya kafedralari mudirlari, Samarqand viloyatidagi davolash-profilaktika muassasalaridan akusher-ginekologlar, pediatrlar, neonatologlar hamda bolalar xirurglari ishtirok etdilar. Tumanlardagi mutaxassislar esa tadbirda onlayn tarzda qatnashdilar.

