O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida aholini salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida tibbiyot xodimlari oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishga kirishdi.

  Shu maqsadda SamDTI diplomdan kiyingi talim fakulteti bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi professori J.A.Shamsiyev boshchiligida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh 2022 yil 24 mart kuni viloyatning Tayloq tumanida bo‘lib, tumanning olis qishloqlaridan Tayloq ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga taklif etilgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklari va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruhi tarkibida bolalar xirurglari, UTT mutaxassisi, bolalar ginekologi ham ishtirok etishdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bilan jami 200 dan ortiq bolalar qamrab olindi. Ko‘rik paytida 23 ta xirurgik kasalliklari bo‘lgan bemor bolalar aniqlanib, ularni Bolalar xirurgiyasi markaziga sog‘lomlashtirishga tavsiya etildi. Bemorlar ro‘yxatining bir nusxasi Tayloq TTB bosh vrachiga qoldirildi.