So‘ngi yillarda Respublikamizning barcha hududlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani barchaga ayon haqiqat. Bu borada viloyatimiz tibbiyoti jonkuyarlari tomonidan ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Deylik, Samarqand bolalar xirurgiya markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-klinikasi mutaxassislari qishloq aholisiga otaliq yordami ko‘rsatish maqsadida axolini bepul ko‘rikdan o‘tkazish aksiyasiyasini amalga oshirishmoqda. “Xalq sog‘lig‘i yurt boyligi” shiori ostida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik jarayonlari joriy yilning 7 aprel kuni Paxtachi tumanida bo‘lib o‘tdi.

  Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da Davlat dasturi asosida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish borasida tibbiyot xodimlari oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan edi. Qishloq bolalarini bepul ko‘rikdan o‘tkazish ham mana shu vazifalar ijrosi bugungi kunda amalga oshirilmokda.

  Shu maqsadda SamDTI 2-klinikasi bosh vrachi hamda klinika bazasida joylashgan kafedralarining yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi 2022 yil 7 aprel kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bo‘lib, tumanning olis qishloqlaridan tuman markaziy poliklinikasiga taklif etilgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklari va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruhlari tarkibiga bolalar jarroxlari, nevrolog, stomatolog, pediatr, UTT mutaxassisi, bolalar ginekologi, kardiolog va vrach-ortoped ham ishtirok etishdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik orqali jami 623 ga yaqin bolalar qamrab olindi. Ko‘rik paytida 41 ga yaqin turli xirurgik kasalliklari bo‘lgan bemor bolalar aniqlanib, ularni SamDTI 2-klinikasi (Samarqand bolalar xirurgiya markazi) da sog‘lomlashtirishga tavsiya etildi va Paxtachi TTB ning bolalar jarroxlari, reanimatolog-anesteziologlari, travmatologo-ortopedlari va neanatolglariga nazariy va amaliy jixatdan bevosita, onlayn orqali yordam berishga kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda Paxtachi tumani 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 805 ta o‘quvchidan 730 tasi ko‘rikdan o‘tkazilib ulardan 14 tasida turli xildagi xirurgik kasalliklar aniklandi ularni klinikada sog‘lomlashtirishga tavsiya etildi.