SamDTU 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi va Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti bolalar xirurgiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedralari xodimlari, kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Azamat Muxitdinovich Shamsiyev boshchiligida qishloq aholisiga malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida “Salomatlik tuman boylik” shiori ostida oʻtkazilayotgan tibbiy koʻrik jarayonlari joriy yilning 11-aprel kuni Payariq tumanida bulishdi.Bir guruh yuqori malakali professor-oʻqituvchilardan iborat ishchi guruhi Madaniyat MFY da joylashgan Vali OSHP da boʻlib, qishloq aholisining III-IV guruhlarga roʻyxatga olingan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida tibbiy koʻrik amalga oshirildi. Ishchi guruhlar tarkibida terapevtlar, jarrohlar, nevrolog, stomatolog, kardiolog va potranaj hamshiralari ham ishtirok etishdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik orqali jami 12060 ta aholidan, koʻrik paytida 38 ta IV-guruhga va 35 ta III-ga mansub boʻlgan bemorlar aniqlanib, ularga tegishli tavsiya va davolash algoritmlari tushuntirildi.