Samarqand bolalar xirurgiya markazining malakali mutaxassislari jamoasi, hamda klinika bazasida joylashgan kafedralarining yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi qishloq aholisiga otaliq yordami koʻrsatish maqsadida joriy yilning 14-aprel kuni Narpay tumanida boʻlib oʻtdi. Asosiy eʼtibori xirurgik kasalliklari va tugʻma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratilgan boʻlib bunda bolalar jarrohlari, nevrolog, stomatolog, pediatr, UTT mutaxassisi, bolalar ginekologi, kardiolog va vrach-ortoped ham ishtirok etishdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik orqali jami 380 ga yaqin bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik paytida 76 ga yaqin turli xirurgik kasalliklari boʻlgan bemor bolalar aniqlanib, ularni sogʻlomlashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari ijtimoiy ahvoli ogʻir va tugʻma nogironligi boʻlgan bemorlarga ham toʻliq tushuntirish ishlari olib borildi va xirurgik yordamga muhtoj boʻlgan bemorlar uchun markazga “yoʻllanma” berildi.