2022-yil 14-dekabr kuni Samarqand Davlat Tibbiyot universitetining ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida t.f.d., professor Shamsiyev Jamshid Azamatovich boshchiligida “Bolalarda yo‘g‘on ichak kasalliklarini pediatrik va xirurgik aspektlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir doirasida “Pediatriyada parenteral va yenteral ovqatlantirish, og‘ir va zaiflashgan bemorlarni ovg‘atlanish xususiyatlari” bo‘yicha master-klass o‘tqazildi. Ush bu tadbirni o‘tqazish uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidentini ma’muriyati xuzuridagi markaziy klinik shifoxonasining bolalar xirurgiyasi ilmiy raxbari, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining diplomdan keyingi ta’lim akademiyasining S.Ya.Doletskiy nomidagi bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘satgan ixtirochi, t.f.d., professor Igor Vitalevich Kirgizov maxsus taklif qilindi. Davra suhbatida Samarqand Davlat Tibbiyot universitetining pediatriya, neonatologiya kafedralari mudirlari, shaxar davolash-profilaktika muassasalaridan pediatorlar, neonatologlar, nevrologlar va bolalar xirurglari ishtirok etishdi. Tumanlardagi mutaxassislar onlayn ishtirok etishdi.