Bugun 2024-yil 28-noyabr kuni Bolalar xirurgiya markazi konferens zalida Sagirayev Nodir Jumaqulovichning “Bolalarda qizilo‘ngach kuyishini davolashda xirurgik taktika” mavzusidagi, ilmiy rahbar t.f.d., professor Azamat Muxitdinovich Shamsiyev 14.00.35- Bolalar xirurgiyasi ixtisosligi buyicha falsafa doktori (PhD) va Tairova Sakina Baxodirovnaning “Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusidagi, ilmiy rahbar – t.f.d., datsent Muhammadiyeva Lola Otamurodovna 14.00.09- Pediatriya ixtisosligi bo'yicha falsafa doktori (PhD) bo'yicha, ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarining rasmiy himoyasi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishni kengash raisi, professor Azamat Muxiddinovich Shamsiev olib bordi. Dissertatsiyalar yuzasidan ma’ruza yakunlanib, muhokama va munozaralar asosida savol javob bilan davom ettirildi. Dissertantlar qo‘yilgan savollarga javob berdilar. Shundan so‘ng rasmiy opponentlar professor Podkamenev Aleksey Vladimirovich va boshqalar mavzularning dolzarbligi va uning samaradorligi haqida o‘z fikrlarini bildirib, taqdim etilgan ishlarga ijobiy baho berdilar.