2025-yil 25-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar jarrohlik klinikasi xodimlari (dotsentlar Boymuradov N.S., Isakov A.M., Maxmudov Z.M.) Surxondaryo viloyati Perinatal markaziga tashrif buyurishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 53-sonli buyrug‘ining ijrosi muhokama qilindi. Tadbirda viloyat va tuman neonatologlari, skrining markazi xodimlari hamda bolalar jarrohlari ishtirok etishdi.