2024 yilning 27-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasiga G.A.Bairova nomidagi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bolalar xirurgik kasalliklari kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Podkamenev Aleksey Vladimirovich tashrif buyurdi. Professorni SamDTU bolalar xirurgik klinikasi bosh shifokori, professor Jamshid Shamsiyev hamda 1-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Djamshed Atakulovlar kutib olishdi. Rossiyalik mexmon klinikada bemorlarga yaratilgan sharoitlar va ularga xizmat ko’satish sifati yuqoriligi hamda uning faoliyati, moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, klinikadagi simulyatsion markazni ham koʻzdan kechirib, yuqori texnologiyali operatsion jihozlarning amaliyotda qoʻllanilishining bevosita guvohi boʻldi. Tashrif davomida tajriba almanishuv doirasida bemorlar ko’rigi ham yuqori saviyada o’tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida Samarqand Davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan amaliy-seminar, master-klasslar o’tkazilib akademik mobillik doirasida belgilangan ko’rsatmalar bajarilishi kelishib olindi.
- Home
- Clinic
-
Sections
- Отделение урологии
- Torakal xirurgiya bo’limi
- Отделение клинической лабораторной диагностики
- Neonatal xirurgiyasi bo’limi
- Операционный блок
- Yuz jag’ xirurgiyasi bo’limi
- Хирургический стационар одного дня
- Kardioxirurgiya bo'limi
- Отделение общей хирургии №2
- Отделение анестезиологии, реанимации и интенсивной терапии
- Отделение медицинской реабилитации и физиотерапии 2-Клиники СамГМУ
- Departments
- Journals
- English