Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov soha xodimlarini tabrikladi.
Bayram tadbirida Prezident farmoniga muvofiq:
- II darajali «Salomatlik» ordeni bilan - Urgut tumanidagi «Sharof Rashidov» oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori Gulsina Mahmatmuratova;
- «Do‘stlik» ordeni bilan - Samarqand davlat tibbiyot universitetining bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Azamat Shamsiyev;
- «Sog‘lom turmush» medali bilan - Paxtachi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mudiri Norbegim Husanova;
- «Shuhrat» medali bilan - O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi a’zosi Alisher Yarmatovlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligining bir guruh soha vakillariga “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni va tashakkurnomasi hamda viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba: https://zarnews.uz