2022 yil mart oyida tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini SamDTI 2-klinikasi ixtisoslashgan bo‘limlari faoliyati bilan tanishtirish, bo‘lajak ish joylari to‘g‘risida amaliy tasavvurlarga ega bo‘lish, ularga bemorlar bilan muloqot qilishda tibbiy deantologiya qoidalariga amal qilish, turli xil tashxislash va davolash muolajalarini o‘tkazishda o‘rta tibbiy xodimlari ishtiroki, bo‘limlarda sanitariya-dezinfeksiya rejimiga amal qilish, davolash-muhofaza rejimi to‘g‘risida dastlabki tushunchalar berilishi ko‘zda tutilgan edi. Ushbu rejaga asosan 2022 yil 9 mart kuni Samarqand So‘zangaron tibbiyot kollejining 60 nafar talabalardan iborat bir guruhi va 10 mart kuni 55 dan ziyod talabalardan iborat ikkinchi guruhi 2-klinikaga o‘zlarining rahbarlari boshchiligida tashrif buyurishdi.
Ular bilan klinikaning tajribali vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiyot sohasida o‘tkazilayotgan islohatlar va boshqa dolzarb mavzularda savol va javob jarayoni o‘tkazilib talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi va klinika bo‘limlari faoliyati bilan tanishtirildi.
Kollejlar talabalarining klinikaga tashrifi davom etmoqda.