O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida aholini salomatligini mustahkamlash, og‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida tibbiyot xodimlari oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishga kirishdi.
Shu maqsadda SamDTI 2-klinikasi bosh vrachi, professor J.A.Shamsiyev boshchiligida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi 2022 yil 3 mart kuni viloyatning Jomboy tumanida bo‘lib, tumanning olis qishloqlaridan tuman markaziy poliklinikasiga taklif etilgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklari va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruhlari tarkibiga UTT mutaxassisi, bolalar ginekologi va vrach-ortopedlar ham ishtirok etishdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bilan jami 200 dan ortiq bolalar qamrab olindi. Ko‘rik paytida 54 ta turli kasalliklari bo‘lgan bemor bolalar aniqlanib, ularni SamDTI 2-klinikasida sog‘lomlashtirishga tavsiya etildi. Bemorlar ro‘yxatining bir nusxasi TTB bosh vrachiga qoldirildi.