Samargand Davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04 / 30.12.2019.Tib.102.01 raqamli ilmiy kengashda navbatdagi dissertatsiyalar himoyasi bo’lib o’tdi.
14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.36 Allergologiya va immunologiya griflari bo'yicha ilmiy daraja olish uchun I.A. Axmedovning “Revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining klinik – immunologik diagnostikasi va davolash usullarini optimallashtirish" mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbarlar tibbiyot fanlari doktori, [Toirov Erkin Sanatovich], tibbiyot fanlari doktori, dotsent Ziyadullayev Shuxrat Xudoyberdiyevich.
Dissertatsiyalar ximoyasi Bolalar xirurgiyasi markazining majlislar zalida bo'lib o'tdi. Yig’ilishni kengash rayisi professor Shamsiyev Azamat Muhiddinovich olib bordi. Dissertant ma'ruzasini tugatgach baxs, munozaralar boshlandi, mavzu bo'yicha, uning dolzarbligi, samaradorligi, ilmiy kengash azolari tomonidan savollar berildi. Dissertant savollarga to'liq javob berdi. Shundan so'ng rasmiy aponentlar so'zga chiqib mavzuning dolzarbligi va uning samaradorligi bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi. Yopiq ovoz berish orqali ilmiy kengash a'zolari ovoz berish natijalariga ko’ra, bir ovozdan ijobiy baholanib I.A.Axmedovga tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) unvonini berishga roziligini bildirishdi.