28.12.2022 yilda ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik klinikasi majlislar zalida ilmiy kengashning navbatdagi Majlisi bo'lib o'tdi. Himoya qilish uchun 2 ta dissertatsiya taqdim etildi: "Bolalarda semzlik fonida vitamin D etishmasligida metobolik va osteopenik o’zgarishlar shakillanishining xsusiyatlari"14.00.09" pediatriya "yo'nalishi bo'yicha Ashurova M.J (ilmiy rahbari, t.f.n, dosent Garifulina L.M) va "Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi va davolashning o’ziga xos xsusiyatlari "14.00.05 "Terapiya yo'nalishi" M. M. Ergasheva (ilmiy rahbari, t.f. d., professor G.Z. Shodiqulova). Kengashda izlanuvchilar va ularning ilmiy sharhlovchilarining ma'ruzalari tinglandi. Kengash a'zolari dissertatsiya mavzulariga oid savollarga javob oldilar, shundan so'ng ular dissertatsiyalar himoyasini bir ovozdan ma'qulladilar.