2024 yil 9-noyabr kuni Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ixtisoslashgan bolalar xirurgiyasi klinikasi majlislar zalida professor Shamsiev Azamat Muxitdinovich raisligida ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi:
Pulotov Parviz Amridinovichga 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi va 14.00.09 – Pediatriya mutaxassisliklari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Klinik va genetik xususiyatlarga qarab bolalarda siydik tosh kasalligini jarrohlik davolashni optimallashtirish” mavzusida. Ilmiy rahbarlar – tibbiyot fanlari doktori, professor Yusupov Shuhrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori Zufarov Aziz Alimdjanovich. Shuningdek Tagaev Ilhom Ulashevichga 14.00.35 – – Bolalar xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Bolalarda invaginatsiya diagnostikasi va davolashni takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish Ilmiy rahbar – tibbiyot fanlari doktori, professor Shamsiev Jamshid Azamatovich .
Kelgusi ilmiy ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab, dissertatsiyalaringizni muvaffaqiyatli himoya qilganingiz bilan tabriklaymiz.