2025-yil 17-fevral kuni Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi xodimlari tomonidan Urgut tumani Mo‘minobod mahallasiga qarashli 53-sonli maktab o‘quvchilari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

  • Umumiy o‘quvchilar soni: 1140 nafar
  • Ko‘rikdan o‘tkazilganlar: 1016 nafar
  • Xirurgik kasallik aniqlangan o‘quvchilar: 42 nafar

  Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, xirurgik kasallik aniqlangan o‘quvchilarning ota-onalariga kasallik va uning asoratlari haqida batafsil tushuntirish berildi hamda davolanish uchun klinikaga yo‘llanma taqdim etildi.